Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Adliya vazirligining «Yuridik şaxslar va yuridik şaxs bölmagan tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş töğrisida»gi qonun loyihasi joylaştirildi.

Qonun loyihasiga köra, yuridik şaxslar va yuridik şaxs bölmagan tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkazişning asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi:

davlat röyxatidan ötkaziş tartibi haqidagi axborotning oçiqligi va undan umumiy foydalaniş;

davlat röyxatidan ötkaziş tartibiga nisbatan qöyiladigan talablarning yagonaligi;

barça yuridik şaxslar hamda yuridik şaxs bölmagan tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkazişni amalga oşirişda teng huquqlar bilan ta'minlaş.

Yuridik şaxsni davlat röyxatidan ötkaziş – röyxatdan ötkazuvçi organning uşbu Qonun doirasida davlat röyxatidan ötkaziş uçun taqdim etilgan ta'sis va boşqa hujjatlarni tekşiriş yöli bilan yuridik şaxs taşkil qilingani, qayta taşkil etilgani, uning ta'sis hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritilganini rasmiylaştiriş, şuningdek yuridik şaxsni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisidagi guvohnomani beriş, yuridik şaxsni taşkil etiş, qayta taşkil etiş töğrisidagi va uşbu Qonunga asosan boşqa ma'lumotlarni Reyestrga kiritiş böyiça harakatlaridan iborat.

Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat röyxatidan ötkaziş - röyxatdan ötkazuvçi organning uşbu Qonun doirasida davlat röyxatidan ötkaziş uçun taqdim etilgan hujjatlarni tekşiriş yöli bilan jismoniy şaxsning yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bölganini rasmiylaştiriş, şuningdek yakka tartibdagi tadbirkorni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisidagi guvohnomani beriş va jismoniy şaxsning yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bölganligi töğrisida hamda uşbu Qonunga asosan boşqa ma'lumotlarni Reyestrga kiritiş böyiça harakatlaridan iborat.

Yuridik şaxs bölmagan dehqon xöjaliklarini davlat röyxatidan ötkaziş - röyxatdan ötkazuvçi organning uşbu Qonun doirasida davlat röyxatidan ötkaziş uçun taqdim etilgan hujjatlarni tekşiriş yöli bilan yuridik şaxs bölmagan dehqon xöjaliklarini taşkil etilganini rasmiylaştiriş, şuningdek yuridik şaxs bölmagan dehqon xöjaligini davlat röyxatidan ötkaziş töğrisidagi guvohnomani beriş va yuridik şaxs bölmagan dehqon xöjaligini taşkil etilganligi töğrisida hamda uşbu Qonunga asosan boşqa ma'lumotlarni Reyestrga kiritiş böyiça harakatlaridan iborat.