Bugun, 7 oktabr kuni Namangandagi «Markaziy» öyingohda Namanganning «Navbahor» klubining yangi boş murabbiyi etib tayinlangan Andrey Kançelskisning taqdimot marosimi ötkazildi.
«Sports.uz» naşri xabariga köra, tadbirda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov jamoaga yangi boş murabbiy Andrey Kançelskisni taniştirgan va unga tön kiydirilgan.

Hozirça «Navbahor» klubi va murabbiy örtasidagi kelişuvning boşqa jihatlari ma'lum emas.
Şuningdek, avvalgi boş murabbiy Ilhom Möminjonovning iste'fosi böyiça izoh berilmagan.
Ayni vaqtda «Navbahor» Özbekiston Superligasida ikkinçi bosqiçda çempionlik uçun kuraşayotgan jamoalar qatorida bölib, 21 oçko bilan uçinçi örinda joylaşgan. Jamoa birinçi örinda ketayotgan «Lokomotiv»dan 6 oçko, ikkinçi örindagi «Paxtakor»dan esa 3 oçko ortda bormoqda.
Ma'lumot uçun, Andrey Kançelskis 1991-1995 yillarda «Mançester Yunayted» şarafini himoya qilgan. Murabbiylik faoliyatida «Torpedo ZIL», «Ufa», «Volga NN», «Yurmala» va «Solyaris» klublarini boşqargan.

















