18:00 / 07.10.2018
6823

«Arsenal» mavsumdagi ilk yirik g‘alabasiga erishdi va uchinchi o‘ringa chiqdi

Angliya chempionatining 8-tur uchrashuvlari doirasida «Arsenal» «Fulhem» mehmoni bo‘ldi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. «Kreyven Kottej» stadionida kechgan uchrashuv Unai Emeri shogirdlarining 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

29-daqiqada «kanonirlar» hujumchisi Aleksandr Lyakazett hisobni ochdi, ammo tanaffus arafasida Andre Shyurrle muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Lyakazett dublni rasmiylashtirib, «Arsenal»ni yana oldinga boshladi. 

O‘yinning 67-daqiqasida maydonga tushgan Aaron Remsi shu daqiqaning o‘zida o‘zi boshlagan hujumni tovoni bilan bergan zarbasi orqali yakunlab, chiroyli gol muallifiga aylandi. Shundan keyin Emeri maydonga Per-Emerik Obameyangni tashladi va u ham 2ta gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Bu g‘alaba «Arsenal» uchun Premer-ligadagi ketma-ket oltinchi g‘alaba bo‘ldi, klub barcha turnirlardagi o‘yinlar qo‘shib hisoblanganda qatorasiga sakkizinchi g‘alabani nishonlamoqda. Qolaversa, bu klubning yangi mavsumdagi ilk yirik hisobdagi g‘alabasidir.

Bu natija evaziga «Arsenal» ochkolari sonini 18taga yetkazgan va turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan. «Fulhem» 5 ochkosi bilan 17-o‘rinda qolmoqda.

Keyingi turni «Arsenal» 22 oktabr kuni o‘z maydonida «Lester»ga qarshi o‘tkazadi, «Fulhem» 20 oktabr kuni «Kardiff» mehmoni bo‘ladi.

Angliya chempionati
8-tur
Fulhem – Arsenal 1:4

Gollar: 0:1 – 29 Lyakazett, 1:1 – 44 Shyurrle, 1:2 – 49 Lyakazett, 1:3 – 67 Remzi, 1:4 – 79 Obameyang, 1:5 – 90 Obameyang.
Fulhem – Bettinelli, Odoi, Le Marshan, Kristi, Rim (Kamara, 54), Seri, Zambo-Angissa (Makdonald, 62), Shyurrle, Sessenon, Mitrovich, Vetto (Yuxansen, 83).
Arsenal – Leno, Xolding, Monreal, Belerin, Mustafi, Mxitaryan, Chaka, Torreyra, Ivobi (Remzi, 67), Uelbek (Obameyang, 62), Lyakazett (Genduzi, 80).
Ogohlantirishlar: Vetto (57), Shyurrle (70).

Mavzuga oid
Top