Misrlik ayol ikki sutkadan ortiq vaqtni Aqaba körfazi tubida ötkazdi va şu tariqa akvalangda suv ostida ötkazilgan vaqt böyiça yangi jahon rekordini örnatdi. TASS agentligi şu haqida xabar berdi.
14 yoşli rekordçi Riim Aşraf umumiy hisobda 55 soatni körfaz tubida akvalang bilan ötkazgan. U bir neça yildan beri dayving bilan şuğullanişi va böş vaqtini dengizda ötkazişi hamda öz mahoratini çarxlaşi haqida aytgan. Qiz otasi - Misr harbiy-dengiz kuçlari ofitseri ta'siri ostida uşbu maşğulotga qiziqqan.
U bir neça oy davomida Şarm Aş-Şayx kurort şahri yaqinida maşq qilgan. Uning sözlariga köra, eng qiyini "suv ostida töğri uxlaşni örganiş" bölgan.














