UFC jangi böyiça irlandiyalik Konor MakGregor va rossiyalik Xabib Nurmagomedov örtasidagi jang va undan keyingi sodir bölgan şov-şuvli voqealar özbekistonlik muxlislarda qanday taassurot qoldirdi? «Feysbuk» va «Tvitter»da muxlislar jang va undagi hodisalarni yumor aralaş qarşilaşgan bölsa, «Instagram»da hattoki qizlar jang tafsilotlarini jiddiy muhokama qilişganiga, hattoki bir birlari bilan tortişib ketişganiga guvoh böldik.
«Feysbuk»dagilar nima deydi?
Muxammad Şakur: Katta janglardan avval va keyin böladigan maşmaşalar atayin ommada qiziqişni orttiriş uçun qilinadi. Sababi — pul. Translyatsiyani sotib oliş katta pul turadi. Sotib olgan telekanallar ham foyda körişadi — reyting hamda reklamadan tuşadigan pul.
Bunday paytda ringda nima sodir bölişiga qiziqamiz, albatta, ammo ring ATROFIDA nimalar bölayotganini anglaş va yodda tutiş kerak. Şu bilan birga botinda böladigan işlar ham bor — berilib ketib, özimizni yöqotib qöyganimizda quvonadigan közlar ham bor...
Aslan Umar: UFC — harom! Yuzga uriş harom! Gunohkor Möminning şa'nini bulğaş ham harom! Munofiq emas u bola. Qilayotgan harom işiga oçiqçasiga raddiya bermadi heç qayerda halol deb. Hayot tarzi oila va ijtimoiy hayotida unça munça möminlar qilolmagan işni qiladigan bola. Şaxsga nisbatan ja qattiq gapirvormanglar. Alloh hidoyatlasin bu bolani, oxirini xayrli qilsin...
Iroda Rustamova: Konor hadeb jinniça qiliqlar qilganidan bilgandim yutqazib qöyişini. U maqtanib yurdi, Xabib esa Allohni köp marta esladi. Mana şungayam yutdi.
Zafar Abdullaev: Töğri iş qildi Xabib. Gonorarining Xabibga keragi yöq, Ramzon Qodirov bratan ikki baravar qilib beradi pulni!
Kamoliddin Akbarov: Xolis aytganda, Xabib töğri iş qilmadi. Butun dunyoga anavining masxarabozligini isbotlab qöydi, tamom! Bundan oşiq ularga alamli jazo yöq edi.
Bahadir Can: Hojiboy bölganda nima degan bölar edi:
«Xabib — prav. Töğri qiladi! Xabibda heç qanday ayb yöq edi. Ikki metr narida Konorning murabbiyi binnarsa-binnarsa deb qöydi-da. Bu eşitib qoldi. Biz eşitmadik. «Nima deding? Binnarsa deganday böldingmi?» dedi. Ringni bir burçagida Konor çala söyilgan xörozday yotibdi. Xabib ringdan irğib ötib, Konorning murabbiyini döpposlab qöydi. Butun jahon u-u-u-u devordi. Qörqmasdan çiqib ketdi! Çunki u Xabibboy-da! U özimizni özbek. Tagi özbekistonlik. Özbekligi bor. Qiziqqon-da. Haqiqat talab qildi. Qörqmadi. «Hey! — dedi. — Çempionatinggayam... Öşa oltindan bölgan kamaringgayam dedi.














