Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Shotlandiya ikkinchi referendumsiz Buyuk Britaniya tarkibidan chiqib ketishi mumkin
Shotlandiya mustaqillik bo‘yicha ikkinchi referendum o‘tkazmay turib Buyuk Britaniya tarkibidan chiqib ketishi mumkin, buning uchun mintaqadagi hukmron partiya Britaniyadagi umumxalq saylovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi lozim bo‘ladi. Bu haqda Glazgoda o‘tkazilgan partiya qurultoyi vaqtida Shotlandiya milliy partiyasi vakili Joanna Cherri Daily Telegraph nashriga aytib o‘tdi.
Biroq, mamlakat tarkibidan chiqib ketish haqidagi qaror «demokratik tadbir» yordamida qabul qilinishi kerak, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi deputat. Uning so‘zlariga ko‘ra, u referendum davomida qabul qilinishi shart emas, bu umumxalq saylovlari kabi boshqa bir «demokratik hodisa» bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, Joanna Cherri Buyuk Britaniya qirolichasining Shotlandiya rahbari bo‘lishi va respublikadagi davlat tizimi shaklini o‘zgartirishga huquqi bekor qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey YeI va SSSRni taqqoslagan vazirga javob bergandi.
Mavzuga oid
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026