Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» «Barselona»ga yutqazsa, Lopetegi iste'foga chiqadi. Uning o‘rniga nomzodlar bor
«Real» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi iste'foga chiqarilsa, «Chelsi»ning sobiq ustozi Antonio Konte uning o‘rnini egallaydi. Bu haqda AS xabar tarqatmoqda.
Madrid klubi rahbariyatidagilar ayni vaqtda ishsiz bo‘lgan murabbiylar ichidan italiyalik mutaxassisni eng yaxshi nomzod sifatida ko‘rishmoqda.
Jamoaga yozda yangi bosh murabbiy sifatida tayinlangan Lopetegi ayni vaqtda g‘alabasiz seriya tufayli katta bosim ostida qolgan.
Uning o‘rniga nomzodlar qatorida «Kastilya» murabbiyi Santyago Solari ham bor.
Ispaniya chempionatida «Real» qatorasiga 3 o‘yinda g‘alaba qozona olmadi, 8 turdan keyin jamoa 14 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.
Lopetegining klubdagi taqdiri 28 oktabr kuni «Barselona»ga qarshi kechadigan o‘yindan keyin hal bo‘lishi mumkin.
Umuman, FIFA kunlaridan keyin «Real» klasiko bahsiga qadar ichki chempionatda «Levante»ga qarshi va YeChL guruh bosqichida «Viktoriya Plzen»ga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.
«Real» Konte bilan shu yilning yozida, Lopetegi tayinlanishidan avvalroq ham aloqaga chiqqandi. Ammo yakunda murabbiy uchun «Chelsi»ga tovon puli to‘lash zarurati ma'qul kelmagan va muzokaralar to‘xtagandi.
Mavzuga oid
21:55 / 05.06.2026
«Real» jiddiy qayta qurish davriga kirmoqda
12:04 / 04.06.2026
«Real» tarixidagi asosiy tahdidni to‘xtatish kerak». Peresni jangga chorlagan kim?
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026