Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) «Vagner»ning yollanma jangçilari bölgan 206 nafar  şaxsning ismlarini ma'lum qildi. Uşbu röyxatdan Özbekistonning bir fuqarosi ham joy olgan bölib, u Suriyadagi harbiy harakatlarda iştirok etgan, deya xabar beradi Ukraina maxsus xizmati.

Ukraina maxsus xizmati röyxatdagi şaxslardan biri - Özbekiston fuqarosi Dilşod Mamajonovning şaxsiy hujjatlari suratini e'lon qildi. UXX ma'lumotlariga köra, u fevral oyida jiddiy jarohatlangan va Rossiya harbiy samolyoti yordamida Suriyadan olib çiqib ketilgan. Xususan, mahkama Mamajonov pasportining vizalar urilgan sahifalari suratini ham e'lon qilgan.

«Mavjud hujjatlar şuni körsatadiki, bu şaxs Rostov-Dondan Suriyaga 2017 yil 30 avgustda «Vagner» XHK maxfiy harbiy kontingentining navbatdagi partiya tarkibida jönab ketgan. Muhim narsa şundaki, pasportda Suriya hududida çegara nazoratidan ötganlik haqida heç qanday belgi yoki muhr yöq», - deya ta'kidlaydi UXX.

Mamajonovning pasportida Suriya hududida çegara nazoratidan ötganligi haqida heç qanday ma'lumot yöq. «Bu Rossiya Federatsiyasida yuqori darajada rossiyalik harbiylar boşqa davlatlar hududida terrorçilik faoliyatida iştirok etiş faktlarini atayin yaşiriş amaliyoti borligini yana bir bor tasdiqlaydi», - deyiladi UXX xabarida.

«Vagner» XHK - xususiy harbiy taşkilot. Fevralda OAV Suriyada xalqaro koalitsiyaning zarbasi oqibatida «Vagner» XHK yollanma jangçilari halok bölgani haqida xabar berdi. «Kommersant»ga köra, 11 kişi halok bölgan. Biroq, Donbassdagi isyonçilar sobiq qömondoni Igor Strelkov ma'lumotiga qaraganda, gap 644 kişi haqida ketmoqda. Öşanda Rossiya hukumati beş nafar rossiyalikning ölimini tasdiqladi, ammo ular harbiy xizmatçilar bölmaganini ma'lum qildi.

Aprel oyida Reuters öz tekşiruvi natijalarini e'lon qildi, unga köra, rossiyalik yollanma jangçilar Rostovdagi «Platov» aeroportidan Suriyaga jönatiladi. Ötgan yilning yanvaridan joriy yilning mart oyigaça bölgan 14 oy davomida agentlik Damaşq va Lataqiyadan Rostov-Donga va aksinça yönalişda 51ta reys amalga oşirilganini aniqladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq «DXR»dagi jangovar harakatlarda iştirok etgan şaxs Özbekistonga ekstraditsiya qilinişi xabar berilgandi