Germaniyaning Tansfermarkt portali muxlislar tashrifining o‘rtacha miqdori bo‘yicha yetakchi klublar reytingini tuzib chiqdi.
1-o‘rinni Dortmundning «Borussiya» klubi egalladi. «Qovog‘arilar»ning har bir bahsiga o‘rtacha 76 906 tomoshabin tashrif buyurmoqda.
2-o‘rinda Myunxenning «Bavariya» (74 000) klubi, 3-o‘rinda «Manchester Yunayted» (71 107) klubi bormoqda.
Rossiyaning «Zenit» klubi reytingda 19-o‘rinni egallab turibdi. Uning o‘yinlariga o‘rtacha 48 981 tomoshabin tashrif buyurmoqda.















