Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:44 / 09.10.2018
22468
1 daqiqa o‘qiladi
«Real»ning sobiq futbolchisi jamoaga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin
Foto: Real Madrid CF
«Real» rahbariyati bosh murabbiy Xulen Lopetegi o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan mutaxassisni izlamoqda. Agar jamoa oktabr oyi oxirida o‘tkaziladigan «Barselona»ga qarshi bahsda yutqazsa, u iste'foga chiqarilishi mumkin.
AS xabariga ko‘ra, Qirollik klubini boshqarishga sobiq futbolchisi Santyago Solari da'vogarlik qilyapti. Ayni paytda u «Real»ning yoshlar jamoasi «Kastilya»ga ustozlik qilmoqda.
41 yoshli argentinalik mutaxassis Solari 2000-2005 yillarda «Real»da o‘ynagan. 2013-2016 yillarda klubning o‘smirlar jamoasini boshqargan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish