Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Pasportlar indeksida 82-o‘rinni egalladi
Henley & Partners kompaniyasining yangilangan Pasportlar indeksida (Passport Index) O‘zbekiston 82-o‘rinni egalladi. Avvalroq, O‘zbekiston 76-o‘ringa joylashtirilgandi.
Henley & Partners kompaniyasining yillik Pasportlar indeksi jahonning 200dan ortiq davlatlari va hududlaridagi vizalar qoidalarini tahlil qiladi hamda ularni vizasiz chiqiladigan mamlakatlar soni bo‘yicha ajratib chiqadi.
Henley & Partners kompaniyasi barcha mamlakatlar va hududlardagi viza tartib-qoidalarini diqqatlik bilan o‘rganib chiqdi hamda harakatlanish erkinligi darajasi bo‘yicha mamlakatlar ro‘yxatini tuzdi.
Indeksga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari vizasiz 59 mamlakatga borishlari mumkin.
Reytingda birinchi o‘rin Yaponiyada. Yaponiya pasporti bilan dunyoning 190 mamlakatiga vizasiz sayohat qilish mumkin. Ikkinchi o‘rin Germaniya va Singapurga berildi (189 mamlakat).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi prezident farmoni qabul qilingandi.
Mavzuga oid
09:00 / 13.06.2026
25 yilda dunyoning eng boy davlatlari reytingi qanday o‘zgardi?
08:17 / 01.06.2026
Elektr energiyasiga talab oshib bormoqda: dunyo reytingi taqdim etildi
08:05 / 15.05.2026
Dunyodagi eng yirik portlar reytingi e’lon qilindi
08:17 / 11.05.2026