6 oktabr kuni Xabib Nurmagomedov Konor MakGregorga qarshi bo‘lib o‘tgan jangda yengil vaznda UFC chempioni titulini himoya qildi. Uning otasi va murabbiyi Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘lining bu muvaffaqiyatini turlicha baholadi, hattoki uni jangdan keyingi qiliqlari uchun jazolashini ham aytdi. Chempionning bolaligi qanday o‘tgan o‘zi? Life.ru Xabib Nurmagomedovni tarbiyalashda ishlatilgan besh prinitsip haqida hikoya qilib berdi.
O‘z xatti-harakati uchun mas'uliyat

Murabbiy Abdumannop Nurmagomedov yoshligidan Xabibga o‘z harakatlari uchun mas'uliyat hissini tuyishni o‘rgatgan. Bolakay yoshligidan sport bilan shug‘ullana boshlagan, o‘z tengdoshlaridan kuchli bo‘lgani sababli ko‘chalarda ham mushtlashib turgan, lekin doim o‘z xulqi uchun javob bergan. MakGregor bilan bo‘lib o‘tgan jangdan keyingi mushtlashuvni ham otasi va murabbiyi e'tiborsiz qoldirmadi: «Men o‘zimning qat'iy sanksiyalarimni joriy etishga majburman. U UFC saksiyalaridan ham qat'iyroq bo‘ladi».
«Otam jazolamasdan qo‘ymas edi. Agar inson qandaydir xatti-harakatni sodir etsa, unga javob berishi lozimligini his qilishi kerak, derdi u. Menimcha bu juda to‘g‘ri, chuni aksi bo‘lishi mumkin emas», — deydi Xabib Nurmagomedov.
Ota-onaga hurmat

Xabib o‘zining deyarli har bir intervyusida otasini qattiq hurmat qilishini ta'kidlab keladi. Otasining har bir so‘zi u uchun qonun ekanligini ta'kidlashdan charchamaydi. Aynan otasi bolakayni kurash to‘garagiga boshlab borgan va uzoq yillar mobaynida uni chempionlik yo‘lida tarbiyalagan.
«Hayotimda otamning roli juda katta va barcha jiddiy qarorlarga otam bilan maslahatlashganimdan so‘nggina kelaman. Yana jang qilish-qilmasligim faqat Yaratganga va otamning fikriga bog‘liq. Ota-onaning duosini olish — bu eng asosiy narsa», — deydi Xabib Nurmagomedov.



















