Navoiy viloyati Karmana tumanining Navoiy şahriga tutaş hududida barpo etilayotgan 5 qavatli, 60 xonadonli uy egalaridan Kun.uz tahririyatiga murojaat kelib tuşdi.

Köp sonli fuqarolar murojaatining qisqaça mazmuni şunday: ular peşona teri evaziga topilgan pullarini tölab, «Navoiy quruvçi yoşlari» MÇJ (rahbari — Feruz Töxtayev) bilan şartnoma imzolab, hali qurilmagan uyni xarid qilişadi.

facebookda köriş

«Navoiy quruvçi yoşlari» MÇJning «Xalq banki» Karmana tuman bölimidan olingan kreditini öz vaqtida söndirmagani uçun, garovga olingan uyni elektron auksion orqali sotuvga qöyadi. Uyni kim oşdi savdosida sotib olgan yangi egasi (Bomuratova Matluba) uy uçun pul tölagan xaridorlarni tan olmayapti.

Masala öta jiddiy. Uni ijobiy hal qilinişi uçun oçiği, Navoiy viloyatida heç kim boş qotirmayapti. Hammasi Feruz Töxtayevning firibgarlik uçun qamalişi va 60 nafar oila boşpanasiz çirqillab qolişiga qarab ketmoqda.

Endi bir boşidan hikoya qilamiz.

Uy uçun pul tölagan xaridorlar içida yoşi uluğ, köpni körgan Ötab Normamatov bunday vaziyat yuzaga kelişi uçun ayb kimda ekanligini aniqlab, fuqarolarga uylari qaytarilişini talab qildi. U.Normamatovning fikriça, auksion savdolari uyuştirilişida ham qöpol qonun buzilişlariga yöl qöyilgan.

Tahririyatimizga kelib şaxsan murojaat qilganlar içida Zilola Bobonorova ham bor edi. U va boşqa xaridorlar özining e'tirozlarini şunday izhor etişdi:

— Axir şunça oila kuyib qolayapti. Şu yerdagi janjallarni deb oilasi buziliş arafasida turganlar bor! Odamlar yaşab turgan uyini sotib, özi ijarada turib pul tölaşgan. Mana, biz olmoqçi bölgan uydan keyin qurilgan uylar qurilib bitib, odamlar köçib kirdi. Lekin bu yerda xalq ikki yildan buyon sarson! Kim javob beradi bunga?!