Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Auditor malaka sertifikatini beriş tartibi töğrisida nizom loyihasini e'lon qildi.
 
Norma’ning yozişiça, ayni paytda Auditor malaka sertifikatini beriş tartibi töğrisida nizom amal qiladi. Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar rejasiga muvofiq uşbu hujjatga özgartirişlar işlab çiqildi. 
 
Eslatib ötamiz, malaka sertifikati dastlab 5 yillik muddatga beriladi, söng – navbatdagi 10 yilga va keyinçalik muddatsiz davrga uzaytiriladi.
 
Auditorlar malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan e'tiboran har yili ötişlari şart bölgan malaka oşiriş dasturlari hajmini 60 soatdan 40 soatgaça qisqartiriş taklif etilmoqda.
 
Malaka sertifikatini olişga talabgorlarning ma'lumoti va iş stajiga qöyiladigan talablar ham özgaradi. Loyiha özgartirişlarsiz qabul qilingan taqdirda nomzod quyidagi 3 ta variantdan biriga muvofiq kelişi kerak böladi:
 
• oliy ma'lumotga va oxirgi 5 yil içida kamida 3 yillik auditorlik faoliyatini amalga oşiriş yoxud buxgalteriya hisobini yuritiş va moliyaviy hisobot tuziş, yoki uşbu sohalarda dars beriş bilan boğliq iş stajiga ega böliş;
• «buxgalteriya hisobi» va «audit» ixtisosliklari böyiça magistr diplomi bilan auditorlik taşkilotida kamida 1 yillik amaliy iş stajiga (ş.j. örindoşlik asosida) ega bölişning özi kifoya;
• Özbekistonda yoki xorijiy davlatda (nostrifikatsiyalaş ötkazilganligi şarti bilan) olingan iqtisodiy fanlar sohasida ilmiy darajaga ega bölganda iş stajiga doir talablar qöyilmaydi.
 
Bundan taşqari, CIPA, ASSA, SRA, Sertifikatlangan malakali buxgalter, DipIFR sertifikatlari va diplomlariga ega bölgan mutaxassislarga auditor malaka sertifikatini beriş tartib-taomilini soddalaştiriş taklif etilmoqda. Ular uçun auditorlik taşkilotlarida iş stajiga ega böliş va malaka imtihonidan ötiş talabi bekor qilinadi.