Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida” Qonuniga özgartişlar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida”gi 938-XII-sonli Qonuniga quyidagi özgartişlar kiritilişi mumkin:
27-moddaning ikkinçi qismidagi va 31-moddaning oltinçi qismidagi «sakkiz barobari» degan sözlar «ön barobari» degan sözlar bilan almaştiriladi.
32-modda matni quyidagi tahrirda bayon etiladi: «Pensiyani hisoblab çiqariş uçun olinadigan iş haqiga, şuningdek iş haqining natural qismiga:
2019 yil 1 yanvarga qadar – qonun hujjatlariga muvofiq suğurta badallari hisoblanadigan mehnatga haq tölaş tarzidagi barça daromadlar;
2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uçun - qonun hujjatlariga muvofiq hisoblanadigan mehnatga haq tölaş tarzidagi barça daromadlar qöşiladi.
Davlat tomonidan ijtimoiy suğurtalanmaydigan şaxslarga pensiyani hisoblab çiqariş uçun olinadigan iş haqiga qonun hujjatlariga muvofiq hisoblanadigan mehnatga haq tölaş tarzidagi daromadlarga öxşaş pul ta'minotining barça turlari qöşiladi.
Öqiş davrida tölangan stipendiya pensiya sörab murojaat etgan kişining xohişiga köra iş haqiga tenglaştiriladi.
Iş vaqtini hisobga olib bölmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodim, dehqon xöjaligi a'zosi va oilaviy tadbirkorlik sub'yekti oila a'zosi) pensiyasini hisoblab çiqariş uçun olinadigan iş haqining miqdori:
2019 yil 1 yanvarga qadar – Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga tölangan suğurta badallarining;
2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uçun – qonun hujjatlariga muvofiq tölangan yagona ijtimoiy tölov miqdoridan kelib çiqqan holda aniqlanadi.».
36-moddaning birinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Çet elda yollangan holda işlagan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab çiqariş uçun olinadigan iş haqi:

















