Misr xavfsizlik kuçlari Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyning kenja öğli Abdullohni Qohiraning ğarbiy qismida qölga olişgan. Bu haqda Mursiyning tönğiç öğli Ahmad ma'lum qilgan.

2017 yil oktabrda Mursiyning boşqa bir öğli Usama Misrning Aş-Şarqiya viloyatida uşlanib, qurol saqlaş ayblovi bilan 3 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan. 2017 yil sentabrda Qohira apellyatsiya sudi Abdullohga Qatar foydasiga josuslik qiliş ayblovi bilan çiqarilgan umrbod ozodlikdan mahrum qiliş hukmini qöllab-quvvatlagan. 

Ma'lum qilinişiça, maxsus kuçlar xodimlari Abdulloh öz oilasi bilan yaşaydigan uyni soat 7.30da qurşab olişgan. Uç zobit uyga kirib, Abdullohni uşlab, özlari bilan olib ketişgan. Ta'kidlanişiça, u hozirda qayerdaligi noma'lum. 

Ma'lum qilinişiça, Muhammad Mursiy va uning “Musulmon birodarlar” harakati böyiça safdoşlari uning prezidentligi vaqtida Misr maxsus xizmatlari va armiyasi faoliyatiga tegişli öta maxfiy hujjatlarni Misr davlatini zaiflaştiriş maqsadida Qatar razvedkasiga topşirgan. Mursiy va boşqa sudlanuvçilar öz ustlaridan olib borilayotgan sudni tan olmasliklarini va buni Misrning yangi hukumati işi deb hisoblaşlarini aytişgan.

Mursiy hokimiyatdan çetlatilgandan keyin unga nisbatan 5 ta jinoiy iş oçilgan. Jumladan, unga prezident saroyi oldida uning tarafdorlari va duşmanlari örtasidagi töqnaşuvlar, Qatar va XAMAS foydasiga josuslik qiliş, 2011 yildagi ommaviy tartibsizliklar vaqtida turmadan qoçiş va sudyalarni haqoratlaş böyiça ayblovlar qöyilgan.