Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Saudiya Arabistoniga qarshi sanksiyalar qo‘llashi mumkin
AQShning 22 nafar senatori mamlakat prezidenti Donald Trampga saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining yo‘qolib qolgani tufayli Saudiya Arabistoniga sanksiyalar joriy etilishi lozimligi borasida qaror qabul qilishni so‘rab rasmiy xat yuborishdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Foto: REUTERS
Xat mualliflarining ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar hukumati Saudiya Arabistonida inson huquqlari buzilishi bo‘yicha tekshiruv boshlashi mumkin. Biroq, bu haqdagi qaror davlat rahbari tomonidan qabul qilinishi lozim. Ushbu tekshiruvlar natijasida Ar-Riyodga nisbatan sanksiyalar joriy qilinishi ehtimolga yaqin.
«Biz shuni kutmoqdamizki, siz o‘z qaroringizni qabul qilishda barcha tegishli ma'lumotlarni, jumladan, Saudiya Arabistoni yuqori martabali mulozimlari bilan bog‘liq barcha holatlarni ham hisobga olasiz», - deyiladi prezidentga yuborilgan xatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik senator Ar-Riyodga qurol yetkazib berishni taqiqlash bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 24.06.2026
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026