Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik senator Ar-Riyodga qurol yetkazib berishni taqiqlash bilan tahdid qildi
Amerikalik senator Rend Polning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlardan Saudiya Arabistoniga qurol-aslaha yetkazib berishni butunlay to‘xtatishga erishmoqchi. Bu haqda The Hill xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ar-Riyod saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining yo‘qolib qolishiga aloqador ekanini aniqlanadigan bo‘lsa, bunday qadamga borishga tayyordir.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning Saudiya Arabistonini Amerika qurol-yarog‘i bilan ta'minlash masalasidagi pozitsiyasiga qo‘shilmaydi.
Biroq, Polning qayd etishicha, yo‘qolib qolgan jurnalist atrofidagi vaziyat Trampning fikrini o‘zgartirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistoni hukumatini yo‘qolib qolgan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchi bilan bog‘liq holatni jiddiy tekshiruvdan o‘tkazishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026