Davlat soliq qömitasining Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi va uning hududiy bölimlari tomonidan sönggi 2 kun davomida respublika böyiça ötkazilgan nazorat tadbirlarida noqonuniy savdo va mahsulotlar işlab çiqarişga oid 36 ta qonunbuziliş holati aniqlandi. Ularda jami 1,1  mlrd. sömlik noqonuniy tovarlar foş etildi. Bu haqda Davlat soliq qömitasi Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi xabar bermoqda.

Xususan, ötkazilgan nazorat tadbirlarida Toşkent şahrida 4 holatda 597 mln. sömlik, Farğonada 1 holatda 60,6 mln. sömlik, Andijonda 6 holatda 50 mln. sömlik, Jizzaxda 1  holatda 10,1 mln. sömlik, Buxoroda 2 holatda 4,5 mln. sömlik, Samarqandda 2 holatda 4,6 mln. sömlik, Navoiyda 18 holatda 3,7 mln. sömlik, Toşkent viloyatida 3 holatda 2,1 mln. sömlik noqonuniy tovarlar aniqlandi.

Ma'lumotga köra, Samarqand viloyatida ötkazilgan nazorat tadbirlarida noqonuniy faoliyat bilan şuğullanib kelayotgan fuqaro T.Muhitdinovga tegişli umumiy qiymati 2,2 mln. söm va fuqaro N.Istatovga tegişli umumiy qiymati 2,4 mln. söm bölgan tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga çek qöyildi.

Xuddi şunday Farğona viloyatida ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro A.Kadirov heç qanday hujjatlarsiz Qöqon savdo majmuasida savdo faoliyati bilan şuğullanayotganligi aniqlanib, huquqbuzarning 60,6 mln. sömlik xorijda işlab çiqarilgan tovarlari savdosiga nuqta qöyildi.

Şu bilan birga, Davlat soliq qömitasi xodimlari tomonidan Toşkent şahridagi “Jomiy” savdo majmuasida ötkazilgan nazorat tadbirlarida fuqarolar A.Saidakbarov va O.Sultonovlar noqonuniy savdo faoliyati bilan şuğullanayotganligi ma'lum böldi. Huquqbuzarlarning jami 500,6 mln. sömlik noqonuniy tovarlari vaqtinça olib qöyildi.

“Örikzor” savdo majmuasidagi nazorat tadbirlarida esa noqonuniy savdo faoliyati bilan şuğullanib kelayotgan fuqarolar J.Ikromov va A.Xoliyevlarning jami 96,4 mln. sömlik tovarlari savdosiga çek qöyildi. Nazorat tadbirlari respublika böylab davom etmoqda.