Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 11 oktabr kuni yurtimizga taşrif bilan kelgan Misr Boş imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari şayx Ahmad Muhammad Tayyibni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisining şu yil 4-5 sentabr kunlari Özbekistonga amalga oşirgan rasmiy taşrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş yölida tarixiy qadam bölganini qayd etdi.
Bugungi kunda muqaddas islom dinining bağrikenglik tamoyillarini, ma'rifiy qadriyatlarini tarğib etiş, uning insonparvarlik mohiyatini saqlaş, diniy-ma'naviy merosni tadqiq etiş, turli xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş borasida Özbekiston va Misrda katta işlar qilinayotgani uçraşuvda bayon etildi.
Xususan, «Jaholatga qarşi ma'rifat» bilan kuraşiş tamoyili asosida islomning ezgu ğoyalarini zamondoşlarimizga, birinçi navbatda yoşlarga yetkaziş maqsadida Toşkentda Özbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etildi.
Davlat rahbari Al-Azhar universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumlari diniy ulamolar, olimlar, malakali professor-öqituvçilar va iqtidorli talabalar almaşuvini yölga qöyişda muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.
Al-Azhar öz tarkibida islom tadqiqotlari akademiyasi, universitet, ma'hadlar, jome masjidi, bir qança ilmiy markazlarni birlaştirgan yirik rasmiy diniy majmua hisoblanadi.
Misr Boş imomi Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun çuqur minnatdorçilik izhor etar ekan, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisining samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ahmad Tayyib Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan hayotning barça jabhalarida amalga oşirilayotgan keng miqyosli islohotlarni yuqori baholadi.
Özbekistonda islom dinining asl mohiyatini örganiş va tarğib qiliş, diniy-ma'naviy merosni keng tadqiq etiş borasida olib borilayotgan siyosatni, BMTda ilgari surgan qator taşabbuslarini töliq qöllab-quvvatlaşini aytdi.
U islom dini ravnaqiga katta hissa qöşgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Mahmud Zamaxşariy singari buyuk ulamolarning bebaho ilmiy merosini birgalikda örganiş muhim ekanligini qayd etdi.

















