O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Davlat mulki obektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub'yektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 

Hujjat bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan quyidagi to‘lovlarni amalga oshirish talablari bekor qilindi:

davlat mulki obektlarini xususiylashtirishga buyurtmanoma berganlik uchun Davlat raqobat qo‘mitasining byudjyetdan tashqari jamg‘armasiga eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida to‘lanadigan yig‘im; 

mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berganlik uchun davlat boji. 

Belgilanishicha, quyidagi davlat ko‘chmas mulk obektlari tadbirkorlik sub'yektlariga faqat davlat-xususiy sheriklik asosida, tegishli vazirlik yoki idora davlat sherigi sifatida ishtirok etgan holda berilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari): 

ta'lim, shu jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalari; 

sog‘liqni saqlash va sport obektlari; 

madaniyat obektlari, shu jumladan, kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha ko‘rsatish muassasalari va kinolashtirish obektlari. 

Bunda, mazkur band talablari faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha foydalanilmayotgan, tegishli vazirlik yoki idoralar tomonidan davlat-xususiy sheriklik tashkil etish maqsadga muvofiq emas deb topilgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlariga tatbiq qilinmaydi. 

Vazirlik, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari: 

a) xatlov natijasida aniqlangan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan tashkilotlar (shu jumladan, ustav kapitalining 50 foizdan ortig‘i 50 foizdan ortiq miqdorda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar)ning faoliyatiga mos bo‘lmagan va foydalanilmayotgan bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obektlaridan quyidagicha samarali foydalanish choralarini ko‘radi: 

bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari, shuningdek, tashkilotlarni rivojlantirish strategiyasiga asosan obektlar negizida qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan obektlar ro‘yxatini tasdiqlash;