Ötgan hafta Namanganning “Navbahor” klubida rossiyalik mutaxassis Andrey Kançelskis boş murabbiy sifatida iş boşlagandi.
Klub rasmiy saytining ma'lum qilişiça, 15 oktabr kuni yana bir rossiyalik mutaxassis Aleksey Iliç Belenkov Namanganga keladi. Belenkov parvoz qilgan samolyot şu kuni ertalabki soat 6:30da Namangan aeroportiga qönadi. Mazkur mutaxassisni “Navbahor” PFK vakillari va muxlislarning kutib olişlari rejalaştirilmoqda.
Aleksey Belenkov 1957 yilning 26 martida Rossiyaning Moskva viloyatida tuğilgan. Futbolçilik faoliyati davomida “Torpedo” (Moskva, 1974-1977), TsSKA (Moskva, 1978-1980), “Lokomotiv” (Moskva, 1981-1982) klublarida töp surgan. Şuningdek, sobiq ittifoq U-19, sobiq ittifoq U-21 terma jamoalarida ham öynagan.

Murabbiylik faoliyatida davomida esa Rossiyaning “Pele” (1992), “Torpedo - MKB” (1993), “Titan” (1994-1995, 1997-1998), “Şinnik” (1996), “Saturn-2” (2000), “Saturn- Ren-TV” (2001-2002), “Sokol” (2003), “Ximki” (2004, 2012-2013), “Saturn” (2005-2006), TsSKA (örinbosarlar, 2008), “Alaniya” (2009), “Torpedo - ZIL” (2010), “Ufa” (2011), “Dinamo” (Bryansk, 2012), “Torpedo” (Moskva, 2014-2015), “Solyaris” (2016) va Qozoğistonning “Şaxtyor” (Qarağanda, 2004) klublarida işlagan. 2016 yildan buyon ayni paytgaça Rossiyaning “Tom” (Tomsk) jamoasida faoliyat olib borayotgandi.
Kelasi haftadan esa Aleksey Belenkov “Navbahor”da yordamçi murabbiy sifatida iş boşlaydi.
Ayni paytda “Navbahor”ning murabbiylar ştabidan Andrey Kançelskis, Şavkat Abduxöjayev, Durbek Umaraliyev, Mustafo Bayramov va A'zam Rajabbayev örin olişgan.
















