Yaqinda e'lon qilingan Tengsizlik darajasining pasayishiga moyillik indeksida O‘zbekiston jahonning 157 davlati ichida oxiridan bitta oldingi o‘rinni egalladi va faqat Nigeriyaga «yutqazdi». Mazkur indeks mamlakatlarning tengsizlik darajasini pasaytirishga bo‘lgan sa'y-harakatlarini baholaydi. Oddiy qilib aytganda, O‘zbekistonning tengsizlikni pasaytirish bo‘yicha harakatlari jahondagi eng yomonlaridan biri. Ushbu reyting mamlakatda bu boradagi vaziyatni tubdan o‘zgartirish uchun mazkur masalani juda jiddiy o‘rganib chiqishni taqozo etmoqda.

Keling, tahlil qilaylik va hukumat uchun ayrim xulosalarni taqdim etaylik: mamlakatda tengsizlik darajasini pasaytirish chora-tadbirlari qo‘llanilishi uchun nimalar qilmoq kerak?

O‘zbekistondagi holat jiddiy yaxshilanishi kerak bo‘lgan indeksning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir:

1. Soliqlarni yig‘ish borasidagi sa'y-harakatlar

Reytingdagi real soliqlarning boylar tomonidan kambag‘allarga nisbatan qamrab olinishi va o‘sib borishi bo‘yicha tarkibiy qismida O‘zbekiston, afsuski, so‘nggi o‘rinda. Ya'ni bu shu narsani bildiradiki, mamlakatda soliq siyosati va soliq ma'murchiligi tubdan qayta ko‘rib chiqilishi, butun fiksal siyosat tengsizlik darajasini pasaytirishiga xizmat qilishiga erishish kerak.

Mavjud tizim esa boshqa mamlakatdagilar bilan taqqoslansa, tengsizlikni kamaytirish nuqtai nazaridan eng yomoni hisoblanadi. Oddiy so‘z bilan ifodalansa, O‘zbekistonda boy odamlar o‘zlarining daromadlariga mos soliq to‘lashmaydi, ya'ni o‘zlarining real daromadlaridan soliq ko‘rinishida juda arzimas qismini ajratishadi. Bu holda kambag‘al qatlam (jumladan, byudjyetdan maosh oluvchilar: o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va h.k.larning asosiy qismi) o‘zlarining real daromadlaridan juda katta qismini soliq sifatida to‘lashadi.

Bundan kelib chiqadigan bo‘lsak, davlat byudjyeti ehtimolli soliqqa tortiluvchi bazaning katta qismini qamrab ololmayapti, bu esa garchi foizdagi tarkibi boshqa mamlakatlar bilan taqqoslanganida juda yuqori bo‘lganiga qaramasdan, ta'lim va tibbiyot uchun real past xarajatlarga olib kelmoqda.

Shu sababli bejizga Respublika Prezidenti bir necha bor yutuqlarni «foizlar»da ko‘rsatib maqtanish o‘rniga, raqamlarning real holatini o‘rganish kerakligini o‘ta tanqidiy ruhda qayd etib o‘tmagan edi. Moliya vazirligiga kelgusi yilga soliq siyosatini shakllantirishda bu masalaga jiddiy e'tibor berish kerak bo‘ladi. Agar zudlik bilan chora ko‘rilmasa, bunday fiskal siyosat mamlakat aholisi o‘rtasida tengsizlikni kuchaytiraveradi, bu esa mamlakatdagi siyosiy barqarorlikka ham o‘z ta'sirini o‘tkazadi.