Ramzon Qodirov Kokorin va Mamayev bo‘yicha murojaat bilan chiqdi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilishicha, Grozniyning «Axmat» klubi «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarim himoyachisi Pavel Mamayevga ishga joylashish borasida yordam berishga tayyor.
«Men «Axmat» futbol klubi rahbariyati bilan maslahatlashdim, biz jinoiy ish qanday yakun topishidan qat'i nazar, Kokorin va Mamayev ozod bo‘lganida ularni jamoamizda ish bilan ta'minlashga tayyormiz», - deb yozadi Qodirov o‘z telegram-kanalida.
Shuningdek, Checheniston rahbari Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayevning hibsga olinishiga munosabat bildirdi.
8 oktabr kuni futbolchilar «Pekin» mehmonxonasi yaqinida «Birinchi kanal» boshlovchisining haydovchisini do‘pposlashdi, so‘ng Moskvadagi kafelardan birida mushtlashuv uyushtirishdi.
Moskvaning Tver sudi ikki oy muddatga Kokorin va Mamayevni hibsga olish haqida qaror chiqardi. Rossiya Jinoyat kodeksining 213-moddasi - «Bezorilik» bilan ish qo‘zg‘atildi. Ular yetti yilga qamalishi mumkin.
«Ehtimol, biz his-tuyg‘ularni biroz kamaytirib, bu boshi berk ko‘chadan boshqa yo‘l borligi yoki yo‘qligi haqida o‘ylab ko‘rishimiz kerakdir? Balki yigitlarga jabrlanganlar bilan yuzma-yuz uchrashib, ulardan uzr so‘rash, moliyaviy va sog‘likni tiklash uchun boshqa yordam ko‘rsatishlariga ruxsat berish kerakdir?» - deb yozadi Qodirov o‘z telegram-kanalida.
Siyosatchining fikricha, ozodlikdan mahrum qilish futbolchilarni yaxshilashga yordam bermaydi.
«Ammo biz ular bilan o‘tmishdagi xatolarni tuzatishga harakat qilmoqchimiz, albatta, agar bunga ruxsat berilsa», - deya ta'kidlab o‘tdi Checheniston rahbari.
Qodirovning fikricha, futbolchilar yulduzlik kasali qurboniga aylanishdi.
«Vaziyat rivojining ikkita yo‘li bor. Biz qaysi birini tanlashimizga odamlar taqdiri bog‘liq! Ha, yigitlar mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan xatti-harakatlar qilishdi. Ammo hayot bu bilan tugamasligi kerak», - deya xulosa qildi respublika rahbari.
Mavzuga oid
22:15 / 28.08.2024
Ramzan Qodirovning qizlari 2017 yilda Fransiyaga boshqa familiya ostida uchgani ma’lum bo‘ldi
20:36 / 17.08.2024
Ramzan Qodirov pulemyot o‘rnatilgan Tesla Cybertruck'da ko‘rinish berdi
21:30 / 04.08.2024
Ramzan Qodirov Mudofaa vazirligidan Chechenistonda polk va batalonlar tuzish vakolatini berishni so‘radi
00:00 / 31.07.2024