Bortida noqonuniy migrantlar bo‘lgan yuk mashinasi Turkiyaning Izmir viloyatidagi daryoga qulab tushdi. "Anadolu" agentligining xabar qilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 13 kishi jarohat olgan.

Manbaga ko‘ra, qurbon bo‘lganlar orasida bolalar ham bo‘lgan.

YTH Menderes tumanida sodir bo‘lgan, yuk mashinasi Degirmenchay daryosiga qulagan.