Fransiyada professional velosportçilar örtasida «Chrono des Nations» xalqaro turniri bölib ötmoqda. Musobaqada Özbekiston terma jamoasi a'zosi Olga Zabelinskaya ham iştirok etdi.

26,5 kilometr masofaga ötkazilgan poygada Zabelinskaya barça raqiblarini ortda qoldirgan va marraga birinçi bölib yetib kelgan va Özbekiston jamoasiga ilk oltin medalni olib bergan. U 35 daqiqa 54 soniya (örtaça tezlik 45 km/soat) natija qayd etgan holda oltin medalga ega çiqqan. Undan keyingi örinni 12 soniya ortda qolgan daniyalik Emma Yorgensen, uçinçi örinni 35 soniya keç qolgan fransiyalik sportçi Oudri Kordon-Ragot egallagan.

Zabelinskaya har yili ötkaziladigan uşbu musobaqada törtinçi marta iştirok etmoqda va birinçi marta poygada ğolib böldi.

Eslatib ötamiz, şu yilning avgustida 38 yoşli rossiyalik velopoygaçi Olga Zabelinskaya Özbekiston terma jamoasiga rasman ötgani haqida e'lon qilgandi. 

U avgust oyi oxirida Osiyo öyinlarida Özbekiston nomidan iştirok etmoqçi bölgandi, ammo unga turnirda qatnaşiş uçun ruxsat berilmadi.

Şosse velopoygasi böyiça 2012 yilgi London Olimpiadasida ikkita bronza, 2016 yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasida kumuş medalni qölga kiritgan tajribali sportçi bilan Tokiodagi Olimpiya öyinlariga qadar (2020 yil) şartnoma tuzilgan.