Osiyo Olimpiya kengaşi öz fuqaroligini özgartirgan Olga Zabelinskayaga nima uçun Osiyo öyinlarida Özbekiston terma jamoasi tarkibida qatnaşişga ruxsat bermagani aytildi, deb xabar qilmoqda TASS.
Bu haqda velosport böyiça Vetnam ayollar terma jamoasi murabbiyi Nikolay Kurkov ma'lum qildi.
«Vetnam, Tailand va Malayziya vakillari guruh bahslari arafasida taşkilotçilarga UCI hujjatlarini taqdim etdilar, unga köra, bir milliy jamoadan ikkinçisiga ötiş uzoqroq muddat davom etişi kerak - bir yarim yildan ikki yilgaça. Şuningdek, uşbu sportçi iyun oyida Rossiya çempionatida ham iştirok etgan.
Bunga javoban ötiş jarayoni ikki federatsiya - Özbekiston va Rossiya tomonidan muvofiqlaştirilgan holda amalga oşganiga oid tuşuntirişlar berildi. Biroq, bu boşqalarni qoniqtirmadi», - deya aniqlik kiritdi mutaxassis.
Bundan taşqari, uning qöşimça qilişiça, Osiyo Olimpiya kengaşida Zabelinskaya ötişining barça tafsilotlarini töliq bilişmagan.













