Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putinga nisbatan qattiq munosabati haqida ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bo‘lgan o‘z munosabatini qattiq, deb hisoblaydi. Bu haqda u CBS bilan suhbatda aytdi.
Jurnalist Lesli Shtal Trampdan nima uchun u hech qachon Rossiya prezidenti haqida oshkora ravishda qattiq bayonotlar bermasligi haqida so‘ragan. Amerika prezidenti uning fikriga qo‘shilmagan.
«Mening o‘ylashimcha, u bilan o‘zimni ancha qattiq tutmoqdaman. Biz shaxsiy uchrashuv o‘tkazdik... U juda qattiq va juda yaxshi uchrashuv bo‘ldi», - dedi Tramp.
Xuddi shu savolga javob berar ekan, Tramp o‘zidan oldingi prezident Barak Obamadan farqli o‘laroq, Ukrainaga hujumkor qurollar bilan yordam berganini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalni palid, deb atagandi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:04 / 30.06.2026