Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Norov Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazdi
2018 yil 15 oktabr kuni Moskvada Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, respublika Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Vladimir Norovni qabul qildi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda muhim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
Qayd etilishicha, Shanxay hamkorlik tashkilotining amaliy faoliyati bilan bog‘liq masalalarga 2019 yil yanvar oyida ShHT bosh kotibi lavozimiga Vladimir Norovning kirishishi hisobga olingan holda e'tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov joriy yil iyun oyi boshlarida ShHT bosh kotibligiga tasdiqlangandi. O‘zbekiston vakili bu lavozimda Tojikiston vakili Rashid Alimov o‘rnini egallaydi.
Norov 2019 yil 1 yanvaridan 2021 yil 31 dekabriga qadar ShHT bosh kotibi bo‘ladi.
1955 yilda Buxoroda tug‘ilgan Vladimir Norov 2006 yil 12 iyuldan 2010 yil 12 yanvargacha – O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan.
U turli yillarda turli mamlakatlarda elchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan (1998—2003 yillarda — O‘zbekistonning Germaniyadagi, o‘rindoshlik asosida – Polsha va Shveytsariyadagi elchisi. 2005—2006 yillarda — O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi. 2013 yil 27 avgustdan — O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi. 2014 yilning 2 dekabridan O‘zbekistonning Lyuksemburgdagi elchisi).
U 2017 yil mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga direktor etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
23:30 / 07.04.2026
«Alisherning iltimosiga ko‘ra telefon qilyapman» – Lavrovning suhbatini tinglashdi
13:59 / 21.01.2026