Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mobil aloqa xizmatidan tushgan mablag‘lar endi tez tibbiy yordamni rivojlantirishga yo‘naltiriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani xabar berilgandi.
Hujjat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari orasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga tushadigan mablag‘larni 29 foizdan 10 foizga kamaytirgan holda, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lov summasining 19 foizi ham bor.
Boshqa mablag‘lar - xalqaro va xorijiy moliya institutlarining, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘mak mablag‘lari, Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan tushgan daromadlar, jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari.
Jamg‘armaning mablag‘lari tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransportini xarid qilish va transport parkini o‘z vaqtida yangilash, shuningdek, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallarni xarid qilish, tez tibbiy yordam xizmatining xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirish va amaliyot o‘tashini, shu jumladan, xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta'lim va boshqa muassasalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish, tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga ustamalar, mukofot pullari va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lash, tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga sarflanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv-mashg‘ulot markazi tashkil etilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:20 / 12.06.2026
Saratonga qarshi kurashning yangi bosqichi: milliy dastur joriy etiladi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026