Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo Qoshiqchi ishi bo‘yicha Saudiya hukumati bilan muzokaralar natijalari haqida xabar berdi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya hukumati bilan muzokaralar yakunlari haqida so‘zlab berdi, unda jurnalist Jamol Qoshiqchining yo‘qolishi haqida gap borgan. Bu haqda NBC xabar qilmoqda.
Pompeoning va'da qilishicha, surishtiruv jarayoni shaffof bo‘ladi, unga barcha aloqadorlar esa javobgarlikka tortiladi.
«Barcha, jumladan, yuqori lavozimli amaldorlar ham javobgarlikka tortiladi», - deya ma'lum qildi Pompeo.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Saudiya Arabistoni surishtiruv ishlarini o‘tkazishdan manfaatdor va sodir bo‘lgan voqeaga aloqador barchani qo‘lga olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Qoshiqchining qotillari Saudiya valiahd shahzodasi bilan aloqador ekani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026