AQŞ prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi saylov kampaniyasiga 100 mln dollardan köproq mablağ yiğa oldi. Bu haqda Federal saylov komissiyasi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda CNN telekompaniyasi ma'lum qildi.
Joriy yilning iyul-avgust oylarida Tramp saylov kampaniyasini ötkaziş qömitasi va Respublikaçilar partiyasi milliy qömitasi yordamida 18 mln dollar yiğa olgan. Şu tariqa, Tramp keyingi saylovi uçun yiğgan umumiy mablağ 106 mln dollarga yetgan. Ta'kidlanişiça, xayriya qiluvçilarning 98 foizi 200 dollardan köp pul ajratişmagan.
AQŞning avvalgi prezidenti Barak Obama qayta saylanişi uçun mablağlarni prezidentligining 3 yilidan keyin yiğa boşlagan. Trampning esa Oq uyga rahbarlik qilayotganiga hali 2 yil ham bölmadi, biroq u keyingi saylovlar uçun mablağ yiğişni allaqaçon boşlab yuborgan.

















