15 oktabr kuni Urganç tumani hokimi Otabek Ismoiloviç Bekçanov işdan olingan. Bu ma'lumot «Kun.uz» manbasi tomonidan tasdiqlangan.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi
Ayni vaqtda Bekçanovning qişloq xöjaligi işlari böyiça örinbosari sifatida işlab kelgan Qudrat Rajapov vaqtinçalik hokim vazifasini bajaruvçi sifatida iş boşlagan.
Bekçanov 14 oktabr kuni boş vazir Abdulla Aripov rahbarligida ötkazilgan selektor yakunlariga köra işdan ketdi. Paxta hosilini yiğib-terib oliş işlariga bağişlangan yiğilişda vaziyat keskin tanqid qilingan, ayrim tumanlarda paxta topşiriş rejasi 25-40 foiz atrofida qolayotgani aytilgan hamda respublika böylab 10 hokim işdan böşatilişi ma'lum qilingandi. Yiğilişda mahalliy sektorlar rahbarlari (tuman hokimlari, tuman prokurorlari, tuman IIB boşliqlari, tuman DSI boşliqlari) bölgan 100dan ortiq qişiga intizomiy çoralar (hayfsan, ikki oylik maoşdan mahrum etiş, mehnat şartnomasini bekor qiliş) qöllangandi.
Bundan oldinroq, Farğona viloyatida ikki hokim işdan ketgani xabar qilingandi.













