Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyatining «Suvoqova» DUK mutaxassisi pora bilan ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi «Xalq qabulxonasi» vakilini ushlashdi, deb xabar bermoqda «O‘zbekiston 24» telekanali.
Telekanal yoritgan ma'lumotlarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining «Suvoqova» DUK mutaxassisi K.N. Qarshi tumanidagi xususiy korxona rahbaridan qurilish uchun obekt ajratish masalasini hal qilishni va'da qilib, xizmati uchun 14 ming AQSh dollari so‘ragan.
Tezkor tadbir chog‘ida K.N. DXX va prokuratura xodimlari tomonidan choyxonada 9 ming dollarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
«D. yonimga A. ismli bolani olib keldi. Biz qurilish bilan shug‘ullanamiz deyishdi. Agar tanishlar bo‘lsa, qurilish ishlarida qarashib yuboring, kattaroq qurilish olishda yordam qiling, deyishdi. Men tanishlarim bilan gaplashdim va katta hajmdagi ish 10 ming dollar ekanligini aytdim. Ular mening xizmat haqim qancha ekanligini so‘rashdi men 4 ming dollar dedim. Hammasi bo‘lib 14 ming AQSh dollari», – degan qo‘lga olingan K.N.
Ayni paytda mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalarini qo‘llab jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:03 / 03.03.2026
Toshkent shahrida IIBBning ikki tezkor xodimi qo‘lga olindi
12:22 / 03.03.2026
FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi
08:25 / 26.02.2026
Jizzaxda ta’lim tizimi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi
14:42 / 25.02.2026