O‘zbekiston | 01:09 / 18.10.2018
7239
2 daqiqa o‘qiladi

Andrey Slepnev: "Hech qanday tashqi bosim yoki nosog‘lom raqobat O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini buza olmaydi"

Uchinchi davlatlar tomonidan amalga oshiriladigan hech qanday tashqi bosim va nosog‘lom raqobat unsurlari O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarini buzishga qodir emas. Rossiya eksport markazi bosh direktori Andrey Slepnev O‘zAga bergan intervyusida shunday bayonot berdi.

"Rossiya va O‘zbekiston savdo aloqalari istiqboli cheksiz. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama munosabatlarda duch kelayotgan barcha muammo va xatarlar konstruktiv va do‘stona muloqot yordamida muzokaralar orqali hal qilinadi. Uchinchi davlatlar tomonidan amalga oshiriladigan hech qanday tashqi bosim va nosog‘lom raqobat unsurlari O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarini buzishga qodir emas. Rossiya va O‘zbekiston do‘stlik va o‘zaro manfaat tamoyillari asosida savdo hamkorlarini mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega suveren davlatlardir", - deydi u. 

Shuningdek, Rossiya eksport markazi bosh direktori O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik forumidan qanday natijalar kutish mumkinligi haqida ham so‘zladi:

"Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivoji va ulkan salohiyatini hisobga olgan holda, Toshkent forumi Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida yangi import-eksport shartnomalarini imzolash uchun qulay maydon vazifasini o‘taydi. Rossiya eksport markazi doimo O‘zbekiston yo‘nalishida faoliyat yurituvchi rossiyalik eksportchilarga maksimal darajada ko‘maklashish, shuningdek, Rossiya bilan savdo aloqalaridan manfaatdor o‘zbek kompaniyalariga keng qamrovli masalalar bo‘yicha maslahat berishga tayyor".

Mavzuga oid