Rossiya va Misr prezidentlari Vladimir Putin va Abdulfattoh as-Sisiy rasmiy muzokaralarni yakunlagach, Rossiyaning eng oxirgi texnikasi bilan amaliyotda tanishish uchun Sochidagi avtodromga yo‘l oldilar. 

Putin misrlik hamkasbi bilan avtodromga yangi limuzini “Senat”da borgan. 

“Formula-1” poygalari o‘tadigan avtodromda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov as-Sisiyga “Aurus”ning boshqa modellari – “Senat” sedani va “Arsenal” minivenini namoyish qilgan.

So‘ngra Putin sedan ruliga o‘tirib, misrlik hamkasbiga uni sinab ko‘rishni taklif qilgan. Keyinroq Misr prezidentiga Rossiyaning mudofaa-sanoat majmuasining eng yangi mahsulotlari namoyish qilingan.

Misr prezidenti 16 oktabrda Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan.