Andijon viloyati, Oltinköl tumani hokimi Baxtimurod Ismoiloviç Karimov lavozimdan böşatilgan. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.

Baxtimurod Karimov Oltinköl tumanini 2016 yilning 1 dekabridan buyon boşqarib kelayotgandi. 

14 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov raisligida bölib ötgan selektor davomida paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarida kamçiliklarga yöl qöygani uçun tanqidga uçragan hokimlar qatorida Baxtimurod Karimov ham bölgan. 

Yiğiliş vaqtida 100dan ortiq mahalliy rahbarlarga (tuman hokimlari, tuman prokurorlari, tuman IIB boşliqlari va tuman DSI boşliqlari) paxta sabab intizomiy çoralar qöllangani (ularning bir qismi işdan olingan, bir qismiga hayfsan berilgan yoki ikki oylik maoşidan mahrum etilgan) haqida xabar qilingandi.

Manba ma'lumotiga köra, Oltinköl tumani prokurori Davlatjon Iminov ham işdan olingan.

14 oktabr kungi yiğilişda respublika böylab 10 hokim işdan böşatilişi ma'lum qilingandi. 

Bundan oldinroq, Farğona viloyatida ikki hokim - Farğona şahri va Farğona tumani hokimlari işdan ketgani xabar qilindi.

Şuningdek, Xorazm viloyatida Urganç tumani hokimi paxta terimidagi sustkaşlik uçun lavozimini tark etgan.