Joriy yilning 13 oktabr kuni “Özpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 170 nafar xodimi boşqaruv raisi Alişer Maqsudov boşçiligida öz taşabbusiga köra paxta dalalariga haşarga çiqişdi. Bu haqda “Özpaxtasanoat” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dam oliş kunlarida paxtakorlarga kömaklaşişni niyat qilgan haşarçilar Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Hamza suv iste'molçilari uyuşmasi hududidagi «Xudoyqul öğli Sulaymon» fermer xöjaligiga yordam berişdi.
«Özpaxtasanoat» AJ boşqaruvi raisi A.Maqsudov haşarçilarni qöllab-quvvatlaş maqsadida paxta dalasida terimçilar bilan uçraşib, ular uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdi va birgalikda paxta haşarida qatnaşdi.
Şu kuni haşarçilar uçun tuşlik dasturxoni taşkil etilib, issiq ovqatlar tortildi. Kötarinki kayfiyat va bayramona ruhda ötgan haşar davomida taşabbuskor terimçilar tomonidan 7,5 tonna paxta hosili terib olindi.



















