Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Paxtaçilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e’lon qilindi.

Hujjatga köra, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, «Özpaxtasanoat» AJ, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşining 2020 yil hosilidan boşlab paxta xomaşyosini yetiştirişda davlat buyurtmasini bekor qiliş töğrisidagi taklifiga rozilik berilmoqda.

2020 yil hosilidan boşlab:

  • paxta xomaşyosining xarid narxini belgilaş amaliyotidan voz keçiladi;
  • paxta xomaşyosini yetiştiruvçilar (fermer xöjaliklari, paxta-töqimaçilik klasterlari, kooperatsiyalar)ga rayonlaştirilgan ğöza navlarini erkin joylaştiriş huquqi beriladi;
  • paxta xomaşyosi yetiştiruvçilarni sifatli uruğlik bilan ta’minlaş maqsadida sertifikatlangan uruğlik yetkazib beriş tizimi (şu jumladan, uruğlik paxta uçun amaldagi ustama tölaş tartibi) saqlab qolinadi hamda bosqiçma-bosqiç Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Uruğçilikni rivojlantiriş markazi tarkibidagi uruğçilik klasterlari hamda paxta-töqimaçilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi.

Paxta-töqimaçilik klasterlari taşkil etilmagan hududlarda paxta tozalaş korxonalari negizida fermer xöjaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalari taşkil etiladi va quyidagilar kooperatsiyaning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:

  • kooperatsiya a’zolari bilan şartnomalar tuziş orqali paxta xomaşyosi yetiştiriş yuzasidan kelişilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
  • kooperatsiya a’zolari tomonidan paxta xomaşyosi yetiştiriş uçun zarur bölgan mulk komplekslari, texnika, uskuna, transport vositalaridan, paxta tozalaş zavodlaridan birgalikda foydalanişni taşkil etiş;
  • kooperatsiya va ularning a’zolari örtasida imzolanadigan şartnoma asosida kooperatsiya a’zolarini qişloq xöjaligi texnikasi, yonilği-moylaş materiallari, mineral öğit, uruğlik, şuningdek, kimyoviy va biologik himoya vositalari bilan ta’minlaş;
  • paxta xomaşyosini tayyorlaş, taşiş, saqlaş, qayta işlaş va tegirmon usulida qayta işlaşni şartnomalarga asosan amalga oşiriş va vositaçilik şartnomalari asosida işlab çiqarilgan mahsulotlarni sotişni taşkillaştiriş;