“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida bemorlarning bepul dori vositalari bilan ta'minlanişi ustidan nazoratni kuçaytiriş haqida petitsiya paydo böldi.
Qayd etilişiça, hozirda şifoxonalarda bemorlarga bepul berilişi kerak bölgan dori vositalarining bemorlarga tarqatilgani haqidagi ma'lumotnomalar va ularni töldiriş şakli amalda samarasiz.
“Çunki dori nomi yozilib, bemorga berilsa plyus (+), berilmasa minus (-) qöyiladi. Bemor kasalxonadan çiqqandan keyin, ma'lumotnomadagi minus (-)ni plyus (+) qilib qöyiş unçalik qiyin emas va natija qanday bölişi kundek ravşan”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Bildirilişiça, yana bir kamçilik şuki, standart blankali retseptlar tartib raqamlarsiz berilyapti. Tartib raqami yöq retsept blankalari yöqotilsa ham nazorat qilib bölmaydi.
“Taklifim: bepul dori vositalarini bemorlarga berilgani haqidagi röyxatni takomillaştiriş kerak. Röyxatni har bir dori vositasi uçun alohida A6 formatli blankada tayyorlaş va unga bemorning ism-familiyasi, dori nomi va sonini söz bilan yoziş kerak. Bu blankaga bemor (uning vakili) dori vositasini bepul qabul qilgani haqida imzo çekişi şart. Agar bemor dori vositasini öz hisobidan olib kelsa, bu uçun alohida blanka qilinişi kerak. Bepul va öz hisobidan olingan dorilar blankalari ranglar bilan ajratilsa yaxşi böladi. Retsept blankasini, albatta tartib raqamli blankaga ötkaziş kerak”, - deydi petitsiya muallifi.
Eslatib ötamiz, avvalroq OTM talabalarini yotoqxona bilan ta'minlaş haqida petitsiya paydo bölgandi.
















