“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida oliy ta'lim muassasalari talabalarini turar joy (yotoqxona) bilan ta'minlaş haqida petitsiya paydo böldi.
Qayd etilişiça, uşbu murojaat orqali respublikadagi oliy ta'lim muassasalari tomonidan yotoqxonaga ehtiyoji bölgan barça talabalarni yotoqxona bilan ta'minlaş masalasini hal qiliş kerak.
“Hozirgi kunda respublikamiz OTMlarida ta'lim olayotgan talabalarning kattagina qismi olis tuman va qişloqlardan kelişadi. Bu talabalar öz oilasidan uzoq bölgan vaqtda ta'lim oliş hamda uy-rözğor işlari bilan şuğullanişiga töğri keladi. Bunda talabalar kimning uyida va qanday ahvolda ijarada turişini köz oldingizga keltirib köring-çi. Talabalar yotoqxonalari nomiga, yetarli şaroitga ega bölmagan yotoqxonalar bölmasligi kerak. Buning uçun talabalar yotoqxonasidagi şart-şaroitlarga qöyiladigan me'yorlarni ham belgilaş kerak”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Bildirilişiça, OTMlar oldiga yotoqxonalar muammosini hal etiş böyiça talab qöyiladigan bölsa, ular quyidagi çora va yeçimdan birini tanlaşi mumkin böladi:
1) qöşimça yotoqxonalar barpo etiş va mavjudlarini ta'mirlaş;
2) autsorsingdan foydalaniş, biroq bu jarayonda xususiy sektor bilan şartnomani faqat oliy ta'lim muassasasi tuzişi şart;
3) oliy ta'lim muassasalarining filiallarni taşkil qiliş;
4) masofaviy ta'lim tizimini joriy qiliş.
“Bu taklif amalga oşirilsa, talabalarning sifatli ta'lim olişiga imkoniyat yaratilib, ular örtasida jinoyatçilik va boşqa salbiy holatlar kamayişiga xizmat qiladi”, - deydi murojaat muallifi.
Eslatib ötamiz, avvalroq pensiya miqdorini yoşga qarab belgilaş taklif etilgandi.
















