“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida bozorlarda narxlar sun'iy oşirilmasligi uçun dehqon bozorlarini xizmat körsatuvçi taşkilotga aylantiriş haqida petitsiya paydo böldi.

“Bugungi kunda yurtimiz dehqon bozorlarida möl-kölçilik, mahsulotlar tökin-soçinligini köramiz. Lekin şuni aytiş joizki, bozorlarimizdagi köplab “uddaburon tadbirkorlar” (dallol, olibsotar) halol tadbirkorlikka amal qilişmaydi. Bozorlarda çorşanba va yakşanbadan taşqari kunlarda dehqonlarni uçratiş qiyin”, - deya yozadi muallif. 

Qayd etilişiça, olibsotarlarning tartibga solinmagan faoliyati bozorga kelgan dehqon va fermerlarga mahsulotini sotişdan oldin bozordagi sun'iy oşirilgan narxlardan xabardor bölib, keyin sotişiga olib kelmoqda. Bu esa narxlarning yanada oşib ketişiga sabab bölmoqda. Köp hollarda iste'molçi mahsulotning uçinçi yoki törtinçi xaridori bölmoqda. Olibsotarlarning narxlarni sun'iy oşirib sotişi bozordagi narxlarni ham oşirib yubormoqda. Ular faqat bozordagi joy örni uçun patta tölaydilar.

“Taklifim: dehqon bozorlarini “xizmat körsatuvçi taşkilot” maqomiga ötkaziş kerak. Ya'ni bozorlar mahsulot yetiştiruvçilardan sotib olingan mahsulotni iste'molçiga töğridan-töğri yetkazişi kerak. 

Buning uçun, dehqon bozorlarining işçilari sonini oşiriş, monitoring va logistika bölimlarini taşkil qiliş lozim. Dehqon bozori mas'ullari dehqonlar hamda fermerlar tomonidan olib kelingan mahsulotlarni sotiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratişi, bozor hududi va unga yaqin joylarda omborxonalar, muzlatgiçlar taşkil qilib, meva, sabzavotlar va poliz ekinlarini töğridan-töğri aholiga yetkazilişini ta'minlaşi kerak. 

Natijada yangi iş örinlari paydo bölib, dehqon bozorlarimizda narx-navoning “sun'iy” oşib ketişi oldi olinadi”, - deydi murojaat muallifi.

Eslatib ötamiz, avvalroq bemorlarni bepul dorilar bilan ta'minlaş ustidan nazoratni kuçaytiriş taklif etilgandi.