O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslariga narxlar va tariflarning o‘zgarishi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Qaror yoqilg‘i energetika resurslarining jahon narxlari o‘sib borayotganini inobatga olib, shuningdek, tovarlar (xizmatlar) bozorida monopoliya darajasini bosqichma-bosqich kamaytirib borish, yoqilg‘i-energetika resurslari realizatsiyasining bozor mexanizmlarini kelgusida joriy etish, ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish, energiyani tejashni rag‘batlantirish, yoqilg‘i energetika kompleksi korxonalarining muvozanatli rivojlanishini ta'minlash hamda bu sohada moliyaviy intizomini mustahkamlash maqsadida qabul qilinmoqda.
2018-2019 yillarda tariflar va narxlar o‘zgarishi grafigi tasdiqlanmoqda.
Unga ko‘ra tabiiy gazning tarifi (QQS hisobga olingan holda, 1 kub metriga):
hisoblash asboblari bo‘lganida aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:
- 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 320 so‘m;
- 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 350 so‘m;
hisoblash asboblari bo‘lmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:
- ovqat tayyorlash va issiq suv ta'minoti uchun:
- 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 553 so‘m;
- 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 605 so‘m;
- isitish tizimi uchun:
- 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 320 so‘m;
- 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 350 so‘m;
08.11.2017 yildagi PQ-3379 qarorda ko‘rsatilgan ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan iste'molchilar uchun:
- 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 1000 so‘m;
- 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 1000 so‘m;
Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari uchun:














