Interpolning sobiq prezidenti, Xitoyda qonunbuzarlikda gumon qilinib hibsga olingan Men Xunveyning rafiqasi turmuş örtoği ölik bölişi mumkinligini aytdi. Greys Men bu haqda “Bi-bi-si” teleradiokorporatsiyasiga bergan intervyusida aytib ötgan. Bundan taşqari, Greys Men telefon orqali muntazam ravişda tahdidlar olayotganidan arz qilgan. Uning aytişiça, noma'lum kişi uning ortidan 2 jamoa “ov qilayotganini” aytgan.
Greys Menning fikriça, uning eri siyosiy ta'qiblar qurboni bölgan.
“Turmuş örtoğim tirikligiga işonçim komil emas. Ular juda berahmlar. Ular irkit usullarni qöllaşadi. Bu ular har qanday işdan ham toymasliklarini körsatadi. Hattoki tasavvur qilolmayman. Buning çeki yöq”, deb aytgan Greys Men. Uning ta'kidlaşiça, farzandlari otasini soğinişgan.
5 oktabrda Fransiya hukumati öşanda hali Interpol prezidenti bölgan Men Xunveyning yöqolişi yuzasidan tergov boşlagan. Men vatani Xitoyga ketgandan söng bir hafta aloqaga çiqmagani ma'lum qilingan. Keyinroq u Xitoyga kelgandan söng söroqqa çaqirtirilgani ma'lum bölgan. Hozirda uning taqdiri haqida heç narsa ma'lum emas. U Interpol rahbari lavozimidan iste'foga çiqqanigina ma'lum qilingan.













