Olimpiya öyinlari çempioni, ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan özbekistonlik boksçi Fazliddin Ğoibnazarov AQŞning Las-Vegas şahrida özining navbatdagi jangini ötkazdi. U hisob böyiça oltinçi jangida amerikalik Uilbert Lopesga qarşi ringga kötarildi.
Fazliddin Ğoibnazarov sakkiz raundga möljallangan jangning ikkinçi raundidayoq raqibini nokautga uçratdi va navbatdagi ğalabasini nişonladi.
Şu tariqa, Fazliddinning professional ringda ğalabali seriyasi 6taga yetdi. U öz janglarining barçasida ğalaba qozongan, janglarning 3tasida raqiblarini nokaut evaziga mağlub etgan.
Lopes esa bugungisi bilan qöşib hisoblaganda professional ringda 35-jangini ötkazdi. U janglarining 23tasida ğalaba qozongan. 15tasida raqiblarini nokautga uçratgan. 10ta töqnaşuvda esa mağlubiyatga uçragan. 2ta jangda muddatidan oldin yutqazib qöygan.

















