Jahon | 07:52 / 21.10.2018
3172
2 daqiqa o‘qiladi

Maduro Markaziy Amerikadagi migratsion inqirozda kapitalizmni aybladi

Foto: REUTERS

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Markaziy Amerikadagi migratsion inqirozga kapitalistik tizim aybdor ekanligini bildirdi. Uning bayonoti respublika aloqa va axborot vazirligi saytida e'lon qilindi.

"Bunga kim javobgar? Markaziy Amerika mamlakatlarida hukm surayotgan kapitalizm, neokolonial qaramlik! Markaziy Amerikadagi hukmdorlarning gringo imperiyasiga tobeligi", - deyiladi Maduro bayonotida.

Uning fikricha, Amerika kapitalizmi "Markaziy Amerikani qashshoqlik, qoloqlik, zarurat, cheksiz hukmronlikka olib keldi". 

"Venesuela Qo‘shma shtatlar hukumatini insoniyatni, qonuniylikni hurmat qilishga va chegarani ochishga chaqiradi. Minglab million pullarni raketa va bombalar o‘rniga Markaziy Amerika xalqlarini qo‘llab-quvvatlashga sarflang", dedi Maduro.

Chorshanba kuni Meksika hukumati gonduraslik migrantlar oqimi yaqinlashayotgani sababli Gvatemala bilan chegaraga qo‘shimcha 500 nafar politsiyachini jo‘natishga qaror qildi. Seshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Gonduras, Gvatemala va Salvador hukumatlarini ushbu davlatlar orqali AQShga noqonuniy migratsiyani cheklash bo‘yicha choralar qabul qilmasa, ularga moliyaviy yordam ajratish to‘xtatilishi haqida ogohlantirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid