Joriy yilning 20 oktabr kuni Xalq deputatlari Oltinköl tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi. “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq Andijon viloyati hokimi qaroriga asosan, Oltinköl tuman hokimi Baxtimurod Ismoiloviç Karimov örniga Örinboyev Nazirjon Aliyeviç tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. Baxtimurod Karimov Oltinköl tumanini 2016 yilning 1 dekabridan buyon boşqarib kelayotgandi. 

Örinboyev Nazirjon Aliyeviç

Nazirjon Örinboyev 1989 yil Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan. 2014-2017 yillar davomida Andijon viloyati içki işlar boşqarmasi Huquqbuzarliklarning oldini oliş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan. 2017 yildan bugunga qadar Andijon viloyati Davlat texnika nazorati inspeksiyasi boşliği sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

14 oktabr kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida paxta yiğim-terimi masalasiga bağişlangan selektor yiğilişi ötkazilgan edi. Unda şu masalada sustkaşlikka yöl qöygan hokimlar, mansabdorlar qattiq tanqid qilingandi.

Selektorda 100dan ortiq rahbar şaxslarga (tuman hokimlari, prokurorlari, IIB boşliqlari va DSI boşliqlari) paxta sabab intizomiy çoralar qöllangani (ularning bir qismi işdan olingan, bir qismiga hayfsan berilgan yoki ikki oylik maoşidan mahrum etilgani haqida xabar qilingandi.

Şuningdek, boş vazir selektor vaqtida viloyatlar hokimlariga respublika böylab 10 hokimni işdan böşatiş böyiça taqdimnomalar kiritiş haqida topşiriq bergan.Şundan söng Farğona şahri va Farğona tumani hokimi