Atom elektr stansiyasi nimasi bilan afzal va qanday kamçiliklarga ega?
|17:50 / 22.10.2018121 70012 min
Foto: FB.ruFoto: FB.ru
19 oktabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekiston Respublikasida birinçi AES qurilişi loyihasining amalga oşirilişiga start berişdi.
AES quriliş loyihasi SSER-1200 rusumdagi reaktorlar bilan jihozlangan ikkita energoblok qurilişini öz içiga oladi. Mazkur energobloklar 3+ avlodiga tegişli bölib, zamonaviy texnologiyalarning işonçliligini sezilarli darajada oşirgan holda, Atom energetikasi xalqaro agentligining (MAGATE) zamonaviy xavfsizlik talablariga töla javob beradi.
Özbekistondagi AESning birinçi energobloki 2028 yil oxiriga qadar işga tuşirilişi rejalaştirilgan.
Avvalroq Navoiy va Buxoro viloyatlari çegarasidagi Tödaköl atrofidagi hududlar AES qurilişi uçun salohiyatli maydon sifatida körilayotgani ma'lum qilingan edi. Keyinroq Jizzaxdagi Aydarköl atrofidagi hudud ham salohiyatli hudud sifatida e'tirof etildi.
Uşbu AES qurilişi 11 milliard dollarga baholangan.
Bugungi kunda dunyoda neçta AES faoliyat körsatmoqda? AES qanday işlaydi? Uning qanday ustunlik va kamçiliklari bor? AESlar soni böyiça qaysi davlat birinçi örinda turadi?
Quyida şu haqda batafsil ma'lumot berişga harakat qilamiz.
Birinçi AES qaçon qurilgan?
Sobiq Ittifoq olimlari ötgan asrning 40-yillarida ana şunday elektrostansiyalarning işlaş tamoyillari borasida izlanişlar olib borişni boşlaşgan. 1948 yilda I. Kurçatov hukumatga atom energiyasini ajratib oliş böyiça işlarni boşlaşni taklif qiladi. 1950 yil mayda Kaluga oblastidagi Obninsk şahrida dunyodagi birinçi AES qurilişi boşlanadi. Quvvati 5 MIt bölgan mazkur AES qurilişi 1954 yilda yakunlanadi va Obninsk AESi işga tuşadi.
Yadroviy reaktor yordamida elektr energiyasi esa ilk bor 1951 yilda AQŞning Aydaho ştatida olinadi. U tajribaviy bölib, atigi 800 Vt energiya işlab çiqaradi. Uning işlaşini tekşirib köriş uçun generatorga törtta çöğlanma lampoçka ulanadi va heç kim kutmagan holda bu lampoçkalar yonadi.
Mavzuga oid
AES qanday işlaydi?
Atom elektr stansiyasi atom yadrosi ajralib çiqişi natijasida hosil böladigan reaksiya asosida işlaydi. Uşbu jarayonda asosan uran yoki plutoniy atomlari iştirok etadi.
AESda urandan foydalaniş uçun uran rudasi kukunga aylantiriladi. Söngra uran kukuni metall «tabletka» körinişiga keltiriladi — u kiçik kolbalarga presslanadi va 1500 daraja haroratda bir neça sutka kuydiriladi.
Aynan mana şu uran tabletkalari yadroviy reaktorlarga joylanadi. Bitta reaktorda bir vaqtning özida 10 milliontaga yaqin uran tabletkalari işlatiladi.
Atom yadrolari neytron ajratib çiqaradi. Neytronlar yangi neytronlarni hamda ulkan kinetik energiyaga ega zarralarni hosil qiladi. Aynan mana şu energiya atom stansiyasi faoliyatining asosini taşkil qiladi. Atom reaktorida reaksiya vaqtida ajralgan energiya issiqlikka aylanadi va issiqlik taşuvçiga (suvga) ötadi.
Söngra issiqlik taşuvçidagi harorat maxsus issiqlik almaşuvçi qurilmalar orqali ikkinçi konturdagi oddiy suvga ötadi va uni qaynatadi. Qaynaş natijasida hosil bölgan suv buği turbinani aylantiradi. Turbina elektr energiyasi işlab çiqaruvçi generatorni harakatga keltiradi.
Şunday qilib, AESning işlaş tarzi xuddi issiqlik elektr stansiyasiniki kabidir. Faqat ular örtasidagi farq buğning qanday yöl bilan hosil qilinişida.
AES yonilğisi qanday qayta işlanadi?
Yadro reaktorida bir yil foydalanilganidan söng uran almaştirilişi kerak böladi. Yonilği unsurlari bir neça yil davomida sovutilib, maydalaş va eritişga yuboriladi. Kimyoviy ekstraksiya natijasida uran va plutoniy ajralib çiqadi va ulardan yangi yadroviy yonilği işlab çiqariladi va qayta foydalaniladi.
Uran va plutoniy parçalanişidan olingan mahsulotlardan ionli nurlaş manbalari tayyorlanadi, ulardan tibbiyot va sanoatda keng qöllaniladi.
Uşbu jarayonlardan söng ajralgan çiqindi eritilib undan şişa tayyorlanadi, şişalar maxsus omborlarda saqlanadi. Uşbu şişalardan radioaktiv moddalarni saqlaşda foydalaniladi.
Şişadan atrof-muhitga zarar yetkazadigan radioaktiv unsurlarni ajratib olişning deyarli imkoni yöq.
AESning afzalliklari
Yadroviy energetikani rivojlantiriş tarafdorlari atom elektr stansiyalarining ustun jihatlariga e'tibor qaratişadi. Xususan, Jahon yadro assotsiatsiyasi qiziq ma'lumotni keltirib ötadi. Uning hisobotida aytilişiça, AESda bir gigavatt elektr energiyasi işlab çiqarişda insonlarning qurbon bölişi körsatkiçi an'anaviy issiqlik elektr stansiyalarinikiga nisbatan 43 marta kam ekan.
Atom elektr stansiyalarining ustunliklariga quyidagilar kiradi:
- elektr energiyasi işlab çiqariş arzonga tuşadi;
- gaz bilan işlaydigan 1000 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi atmosferaga yiliga 13 ming tonna va kömir bilan işlaydigan issiqlik elektr stansiyasi 165 ming tonna zararli modda çiqaradi. 1000 MVt quvvatga ega IES yiliga 8 million tonna kislorod yutadi. AES kislorod iste'mol qilmaydi va yuqoridagidek zararli çiqindilar çiqarmaydi;
- ularni yirik yonilği manbasi yaqinida quriş uçun zarurat yöq. IESga kömir va gaz keltiriş katta xarajatlarni talab qiladi, AESga kerakli uran esa bitta yuk maşinasiga joylaşişi mumkin;
- foydalanilgan yonilğini qayta işlab, undan yana yonilği sifatida foydalaniladi;
- yuqori quvvat: bitta energoblokning quvvati 1000—1600 MVtni taşkil qiladi.
AESning kamçiliklari
Har bir loyiha ijobiy xususiyatlar bilan birga kamçiliklarga ham ega böladi. AESlar ham bundan mustasno emas.
Atom elektr stansiyalari quyidagi kamçiliklarga ega:
- nurlangan yonilği xavfli hisoblanadi, uni qayta işlaş va saqlaş murakkab jarayon hamda köp mablağ talab qiladi;
- AES quriş uçun katta mablağ va juda köp suv kerak böladi;
- AES katta miqdordagi radioaktiv çiqindilar çiqaradi va ularni saqlaş uçun katta infratuzilma talab etiladi;
- AES bilan baxtsiz hodisa yuz beriş ehtimoli judayam kam, ammo biror kor-hol sodir bölsa oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Tarixdagi halokatlar
AES bilan yuz bergan dunyodagi birinçi halokat 1979 yil 28 martda AQŞning Pensilvaniya ştatidagi Tri-Mayl-Aylend stansiyasida sodir bölgan.
Halokatga reaktor sovutiş tizimidagi nuqsonlar va xizmat körsatuvçi mutaxassislarning xatolari sabab bölgan. Natijada yadroviy yonilği erib ketgan. Halokat oqibatlarini bartaraf etiş uçun bir milliard dollarga yaqin mablağ sarflangan, bartaraf etiş jarayoniga 14 yil ketgan.
AESlar halokatlari 7ta daraja bilan ölçanuvçi INES şkalasi böyiça tasniflanadi. 4 va undan yuqori darajadagi halokatlar aholi uçun nurlaniş xavfini tuğdiradi.
Tarixda faqat ikkita halokat 7-daraja bilan baholangan – bular Çernobil va Fukusima AESlari halokati.
Çernobil AESi halokatiga uning işlaş tamoyili asosiy sabab bölgan deb hisoblanadi. Hodisaning rasman ikkita talqini mavjud. Birinçi talqinga köra, muammo reaktor operatorlarining notöğri harakatlari oqibatida kelib çiqqan. Ikkinçi talqinga köra esa, elektrostansiyaning muvaffaqiyatsiz konstruksiyasi sababli halokat sodir bölgan. Şuningdek, amalda takrorlaşning mutlaqo imkoni yöq tasodiflar zanjiri yuz bergan degan fikr ham mavjud. Unga köra, öşa hududda yer silkinişi sodir bölgani, reaktor bilan tajriba ötkaziş, konstruksiyaning mayda-çuyda muammolari va yana boşqa tasodifiy holatlar portlaşga sabab bölgan.
Fukusima halokatiga ham tasodiflar zanjiri sabab bölgan. Stantsiya zilzila va sunamilardan işonçli tarzda himoyalangandi. Ammo bu ikki tabiiy ofat bir vaqtning özida yuz berişi mumkinligini heç kim xayoliga keltirmagan. Fukusima AESi generatori butun majmua xavfsizligi iş faoliyatini qöllab-quvvatlab turiş uçun energiyani taşqi manbalardan olardi. Bu oqilona çora bölib, halokat yuz bergan taqdirda stansiyadan energiya oliş imkonsiz böalrdi. Zilzila va sunami oqibatida barça taşqi manbalar işdan çiqdi va reaktorlar erib ketib, halokat sodir böldi. Hozirda uşbu halokat oqibatlari bartaraf qilinmoqda.
Lekin hozirgi AESlarning xavfsizlik tizimi takomillaştirilgan bölib, halokat ehtimolini tölaligiça yöqqa çiqaradi, atom reaktorlari işi kompyuterlaştirilgan va eng kiçik nuqson aniqlanişi bilan reaktorlar öçiriladi.
Dunyoda neçta AES bor va bu borada yetakçi kim?
2017 yil 1 fevral holatiga köra, dunyo böyiça 31ta davlat atom elektr stansiyasiga ega bölib, jami 191ta AES faoliyat körsatmoqda va reaktorlar soni 451tani taşkil etadi.
Aksariyat atom elektr stansiyalari Yevropa, Şimoliy Amerika, Janubi-Şarqiy Osiyo va sobiq SSSR hududida joylaşgan. AESlar soni böyiça dunyoda birinçi örinda AQŞ turadi – 60ta AES, reaktorlar soni 100ta.
Keyingi örinlarni quyidagi mamlakatlar egallaydi: Fransiya – 19ta AES, 58 reaktor, Yaponiya – 17ta AES, 43 reaktor, Xitoy – 13ta AES, 36 reaktor, Rossiya – 10ta AES, 36 reaktor, Buyuk Britaniya – 7ta AES, 15 reaktor.
Yangi AESlar quriş böyiça Rossiya, Hindiston va Xitoy yetakçilik qilmoqda.
Ayrim davlatlarda elektr energiyasi işlab çiqarişda AESlarning uluşi yuqori bölib, 12 mamlakatda bu uluş 30 foizdan oşadi.
Şu bilan birga, ayrim davlatlarda AESlar faoliyati töxtatilgan. Masalan Italiya öz hududidagi barça AESlarni yopgan. Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Şveytsariya yadroviy energetikadan voz keçiş böyiça uzoq muddatga möljallangan siyosatni amalga oşirmoqda. Niderlandiya, Tayvan, Şvetsiya atom energetikasidan voz keçişni rejalaştirgandi, ammo hozirça buni amalga oşiriş ortga surilgan.
Raqamlar
2017 yil boşidagi holatga köra, dunyo böyiça 60ta reaktor quriliş bosqiçida. AES reaktorlaridan foydalaniş muddati 30-40 yil, ayrim hollarda 60 yilgaça deb baholanadi. AQŞdagi Sarri AESi (1972 yilda qurilgan) uçun esa 2015 yilda foydalaniş muddatini yana 80 yilga uzaytirişga ruxsat söralgan.
AESlar har 10 yilda tekşiruvdan ötkaziladi va xavfsizlik standartiga javob beradigan bölsa, tekşiruv natijalariga köra litsenziya muddati uzaytiriladi.
AESlarda işlab çiqarilgan elektr energiyasi hajmi böyiça AQŞ dunyoda 1-örinda turadi - 804 ming 872,94 GVt/soat. Bu butun dunyodagi AESlar işlab çiqargan elektr energiyasining uçdan bir qismiga teng.
Janubiy Koreyadagi Kori AESi dunyodagi eng yirik AES hisoblanadi – uning quvvati 6254 MVtni taşkil etadi. Fransiyada jami elektr energiyasining 70 foizi atom stansiyalarida işlab çiqariladi.
Hisob-kitoblarga köra, muqobil energiya manbalaridan ekologik toza energiya işlab çiqariş AESdagiga nisbatan taxminan 20 baravar qimmatga tuşadi.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga köra, jahondagi kömir zaxiralari 270 yilga, neft 50 yilga va gaz 70 yilga yetadi. AESlarda işlatiladigan uran zaxirasi esa 5 718 400 tonnani taşkil etadi. U 2500 yilga yetişi hisoblab çiqilgan.
Dunyodagi eng yirik uran zaxiralari Avstraliya, Qozoğiston, Rossiya va Kanadada. Özbekiston bu borada 11-örinda turadi.
Kanada, Zoir, Fransiya va Çexiyadagi konlar uranga boy bölib, ularda bir tonna uran rudasidan 22 kilogrammgaça uran xomaşyosi olinadi. Rossiyada bir tonna rudadan bir yarim kilogrammdan ortiqroq uran olinadi.