Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik erkakning o‘limiga maymunlar tomonidan toshbo‘ron qilinishi sabab bo‘ldi
Foto: REUTERS
Hindistonning Tikri shahrida maymunlar to‘dasining 72 yoshli erkakka g‘ishtlar bilan hujum qilishi erkakning o‘limiga olib keldi. Bu haqda Times of India nashri ma'lum qildi.
Shox-shabbalar terib yurgan erkak yaqin atrofdagi vayron binodan g‘ishtlarni olib, ularni daraxtlar tepasidan unga qarata uloqtira boshlagan maymunlar to‘dasiga yo‘liqqan.
Erkakning ukasining aytishicha, maymunlar uning akasiga 20 taga yaqin g‘isht uloqtirgan. Buning oqibatida qariya bosh va ko‘krak jarohatlari olib, shifoxonada jon bergan.
Erkakning oilasi politsiyaga maymunlar ustidan shikoyat qilgan, biroq tergovchilar bo‘lib o‘tgan voqeani baxtsiz hodisa deb topib, jinoiy ish qo‘zg‘atishmagan.
Mahalliy aholining shikoyat qilishicha, maymunlar ularning hayotini “do‘zax”ga aylantirgan. Ta'kidlanishicha, bunday voqealar butun mamlakat bo‘ylab sodir bo‘lib turadi va bunda maymunlarning muayyan bir turi – makaka-rezuslar sababchi hisoblanadi.
Hindiston udumlari va an'analariga ko‘ra, maymunlar muqaddas jonzotlar hisoblanib, hukumat tomonidan qo‘riqlanadi.
Mavzuga oid
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
12:27 / 06.02.2026
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
15:33 / 05.02.2026