Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev, Putin va Nazarboyevning norasmiy uchrashuvi videosi paydo bo‘ldi
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya prezidentlarning norasmiy uchrashuvi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar qilmoqda.
«Yaxshi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, men matbuotda o‘qidim. Hammasidan xursand bo‘ldim», - dedi Nursulton Nazarboyev uchrashuv yakunlari bo‘yicha.
Rossiya Federatsiyasi prezidentining aytishicha, uchrashuvga juda ko‘plab rossiyaliklar kelgan.
«Birinchi uchrashuvga, Shavkat Miromonovich (Mirziyoyev) taklif qildi, Rossiyadan mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi», - deya ta'kidlab o‘tgan Vladimir Putin.
«Hududlarning o‘zi ishlay boshlashdi, hammasi yaxshi bo‘ladi», - deya qayd etib o‘tdi Nursulton Nazarboyev.
Davlat rahbarlari birgalikda suratga tushishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan birga Qozog‘istonga tashrif buyurgani, ular Nursulton Nazarboyev uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingandi.
Turkiston viloyatining Sariog‘och shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuv davomida davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini, jumladan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni muhokama qildilar.
Bundan tashqari, MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tomonlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi asosiy jihatlar yuzasidan fikr almashdilar.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026